Sport inshootlarni pasportlashtirish
va sertifikatsiyalash
O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi
Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006 yil 5 àïðåëü
96-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Madaniyat
va sport ishlari vazirligi to’g’risida”gi Nizomiga muvofiq, O’zbekiston
Respublikasi Adliya Vazirligida 2006 yil 6 mart 1550-son bilan ro’yxatga
olingan “O’zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish
va sport inshootlari to‘g‘risidagi Nizomi”ni bajarilishini ta`minlash
maqsadida O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha sport inshootlari,
ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, xatlovdan (pasportlashtirish
va sertifikatsiyalash) o’tkazilmoqda.
Sport inshootlarini sårtifikatsiyalashdan asosiy maqsad
– bu ulardan foydalanayotgan aholi, shu jumladan bolalar
va yoshlar sog`lig`iga jiddiy shikast åtkazilishini oldini olish
va jarohatlardan saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida
faoliyat yuritayotgan va xizmat ko’rsatayotgan, mulkchilik shakli
va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar, barcha tashkilotlarning
faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, sport inshootlarining
faoliyat olib borish va qurilishida, ularning egalariga amaliy va
uslubiy yordam berishdan iborat. |