|
Kompyuterlashtirish bo’limi
 |
Xaydaraliyeva Luiza Bo'lim
boshlig'i |
Bo’lim madaniyat va sport sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
tatbiq etish, Internet global tarmog’iga ulanishni va elektron hujjat
aylanuvi tizimiini tashkil etish, veb-sahifalar yaratish, kompyuter
tizimlari, kichik va o’rta sinfdagi local hisoblash tarmoqlarini
ishga tushirish va ularda muhandislik ishlarini olib borish va boshqa
shu sohaga oid ishlarni izchil amalga oshirishga yo'naltirilgan.
Bo`limimiz mutaxassislari tomonidan ko`pgina loyihalar muvoffaqiyatli
amalgam oshirildi. Ular ichida davlat va jamoat tashkilotlar uchun
korporativ veb-saytlar, davlat va tijorat tashkilotlarda hujjatlar
ijrosi intizomini nazorat qilishga doir hamda xodimlar haqidagi
ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash uchun kompyuter dasturlari
va boshqalar mavjud.
Kompyuter dasturlari >>
Veb-resurslarni ishlab chiqish hamda ularga
xizmat ko`rsatish >>
Dizayn va tipografiya xizmatlari >>
Mutaxassislarimiz
tomonidan davlat, tijorat va jamoat tashkilotlari uchun kiruvchi
va chiquvchi hujjatlarni ijrosini nazoratini amalga oshiruvchi «SKM-Devon»
va hodimlar haqidagi ma'lumotlarni yig'uvchi va qayta ishlovchi
«SKM-Hodim» kabi kompyuter dasturlarini
ishlab chiqildi. 2002 yil 12 dekabrdagi "Fuqarolar murojaatlari
haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta'minlash
yuzasidan «SKM-Devon» kompyuter dasturiga tegishli o`zgartirish
va qo`shimchalar kiritilib, dasturning yangi «SKM-Devon 2» dasturi
ishlab chiqildi.
Bugungi kunda dasturlar O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi
tomonidan ¹ DGU 01355 va DGU 01356 sonli patent bilan 2007 yil 31
avgustda ro'yhatga olingan va "Kompyuter dasturlari Davlat
reesti"ga kiritilgan. Dasturlar «GS1 Uzbekistan» (EAN Uzbekistan)
Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan berilgan shtrix kodlarga ega.
Kelajakda xalqaro va Respublikamizda bo’lib o’tayotgan musobaqa
va anjumanlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oluvchi, hamda
mamlakatimizda sport va madaniyat sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar,
federatsiyalar va boshqa tashkilotlarni birlashtiruvchi O’zbekiston
sport informatsion portalini yaratmoqchimiz.
Biz bilan hamkorlik qilishga istak bildirgan barcha shaxslarni taklif
etamiz. Bundan biz bag’oyat mamnun bo’lamiz.
|