|
"Beldersoy" sport bazasi
 |
Igor Golubyx Baza
boshlig'i |
Beldersoy maskanida, tog'lar yon-bag'rida bizning shunday nomdagi
sport bazamiz joylashgan. Bu yerda Siz qishda tog'-chang'i sporti
bilan shug'illanishingiz, va yilning barcha mavsumlarida yaxshi
hordiq chiqarishingiz mumkin. Tepaga tog' cho'qqilariga chiqish
Siz uchun oson bo'lishi uchun baza arqonli-o'rindiqli yo’l bilan
jihozlangan (2,2 km lik).
U Toshkentning janubiy-sharqida 80 km uzoqlikda, avtomobil o’rtacha
tezlikda yurishida 1,5 – 2 soatlik yo’lda, juda ham maftunkor maskanda
joylashgan oromgohdir. Chang’i uchish trassasi yaqinginada joylashgan.
Manzarali tog’ yon bag’rlarini qor noyabr oyidan aprelgacha bezab
turadi. Bekorga ham Beldersoy xalqaro toifadagi chang’i uchish markazi
hisoblanmaydi.
Bu
yerda sayyohlar nafaqat chang’i va qortaxtalarda uchishlari, balki
yil davomida iliq quyosh nurlaridan bahra olishlari mumkin (yilda
300 kundan ortiq). Chimyon tog’larini haligacha ochilmagan sir asrorlaridan
biri bu – bir necha metrlik qor qatlamli joylarda havo harorati
+18 gradusgacha chiqishi mumkin!
Lekin Beldersoy nafaqat qish faslida, balki yilning istalgan vaqtida
ham juda qiziqarli va maftunkordir. Toza tog’ havosi, iliq qish,
uncha issiq bo’lmagan yoz va go’zal manzaralar Chimyon tog’larini
ajoyib dam olish va sayyohlik joylariga aylantirgan.
Sayohatni xush ko’radiganlar uchun bu yerda Chotqol, Pskem, Ko’ksu
vodiylariga va arxeologik yodgorliklarga turli sayrlar tashkil etilgan.
Sayyohlar, aytaylik 2 haftalarga kelgan, kichik tayyorgarlik va
iqlimga moslashishdan so’ng, malakali yo’lboshlovchi boshchiligida
Chimyonning yuqori qoyalarini zabt etishlari mumkin. Har bir malakali
yoki yangi alpinist o’ziga mos hajmdagi yurishni tanlash imkoniyatiga
ega. Chunki bu erda 20 tadan ko’p 1 dan 4 gacha qiyinlikdagi toifalar
bo’yicha yonalishlar mavjud. Bu yerda sizga 10ta tog’ perevali orqali
110 km lik sayr yoki 86 km lik Chimyon atrofi bo’yicha yo’nalishni
taklif qilishlari mumkin.
Beldersoy nafaqat qishda, balki yilning hamma faslida o’ziga hos
go’zaldir. O’simlik dunyosi juda boy: 500 dan ortiq daraxt va o’t
o’lanlar turi mavjud bo’lib, bahor kelganda tog’larga o’zgacha husn
baxsh etadi.
|